So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
«Korzinka&Garnier» reklama aksiyasi

Aksiyalar

14 avgust 2023

«Korzinka&Garnier» reklama aksiyasi

Aksiyalar

14 avgust 2023

OMMAVIY OFERTA

“Korzinka & (“EASY PRO SOLUTIONS”)” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

(KEYINGI O‘RINLARDA – “QOIDALAR”)


1. “ANGLESEY FOOD” MCHJ XK & “EASY PRO SOLUTIONS” MCHJ “Color Naturals” REKLAMA AKSIYASI noma’lum odamlar doirasida “EASY PRO SOLUTIONS” MCHJ savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga nisbatan ijobiy munosabat va iste’mol talabini oshirish, shuningdek ushbu mahsulotlar savdosini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya lotoreya, qimor hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan aksiyada qatnashish uchun to‘lov talab etilmaydi.


2. AKSIYA TASHKILOTCHILARI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya tashkilotchisi (keying o‘rinlarda – “Tashkilotchi”): “EASY PRO SOLUTIONS” MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, STIR: 302705361, IFUT: 58190. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 22-uy.

2.2. Aksiya texnik hamkori “ANGLESEY FOOD” MCHJ XK, STIR: 202 099 756, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uyda joylashgan, pochta indeksi: 100015.


3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Askiya o‘tkazilish muddati: 2023-yil 14-avgustdan 30-sentabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda) (keying o‘rinlarda – “Aksiya muddati” yoki “Aksiya davri”).

3.2. Aksiya doirasidagi mahsulotlarni xarid qilish muddati: 2023-yil 14-avgustdan 30-sentabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

3.4. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: 2023-yil 23,30-avgust, 6,13,20,27-sentabr va 11-oktabr, amaldagi Aksiya o‘tkazilish tartibi 9.2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga asosan.

3.5. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.
 


4. HUDUDLAR, PROMO-SAYT VA MA’LUMOTLARNI YETKAZISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.

4.2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar) Ishtirokchilarni xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiya Tashkilotchisi rasmiy internet sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”)

2) Tashkilotchi belgilagan boshqa yo‘llar orqali

3) Aksiya bo‘yicha savollar yuborish uchun elektron pochta: info@korzinka.uz.

4.3. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritish, muddatidan oldin tugatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya ma’lumotlari va uning shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritirilishi Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirdagina amal qiladi.

4.5. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma yoki boshqa turda muloqotga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Amaldagi Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi, va munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

 

5. AKSIYA DOIRASIDAGI MAHSULOT

5.1. Aksiya Color Naturals savdo belgilari ostidagi quyidagi mahsulotlarga nisbatan o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya mahsuloti”):

 

 

EAN

Tovar nomi

 

3600540168641

Garnier C.Nat_111 платин.бл 110 soch bo‘yog‘i

 

3600540168450

Garnier C.Nat_8.1 песч.берег110 soch bo‘yog‘i

 

3600540168443

Garnier C.Nat_7.1 ольха110мл soch bo‘yog‘i

 

3600540168382

Garnier C.Nat_6 лес.орех110мл soch bo‘yog‘i

 

3600540168405

Garnier C.Nat_8 пшеница 110мл soch bo‘yog‘i

 

3600540168481

Garnier C.Nat_6.25 шоколад110мл soch bo‘yog‘i

 

3600540168344

Garnier C.Nat_1 черный 110мл soch bo‘yog‘i

 

3600542033527

Garnier C.Nat_4 каштан 110мл soch bo‘yog‘i

 

3600540168399

Garnier C.Nat_7 капучино110мл soch bo‘yog‘i

 

3600540168351

Garnier C.Nat_3 темн.каштан110м soch bo‘yog‘i

 

3600542033541

Color Naturals 5 каштан.110 мл soch bo‘yog‘i

 

3600540181510

Garnier C.Nat_6.34 карамель110 soch bo‘yog‘i

 

3600540168467

Garnier C.Nat_9.1 солн.пляж110м soch bo‘yog‘i

 

3600542033534

Garnier C.Nat_5 1/2 мокко 110мл soch bo‘yog‘i

 

3600542033503

Garnier C.Nat_4 1/2 темн.шок110 soch bo‘yog‘i

 

3600541111134

Garnier C.Nat_4.15 мороз.кашт11 soch bo‘yog‘i

 

3600542214797

Color Nat 3.61 Сочн.Ежевика

 

3600542335973

Color Nat 3.12 Ледяной Темный Шатен

 

3600542336024

Color Nat 4.12 Холодный Шатен

 

3600542336079

Color Nat 5.12 Ледяной светлый шатен

 

3600541111189

Garnier C.Nat_5.25 горяч.шок110 soch bo‘yog‘i

 

3600541110939

ас.д/в Garnier C.Nat_1+ ульт.черн110мл

 

 

3600540676801

Garnier C.Nat_2.10исин-черн110мл soch bo‘yog‘i

 

5.2. Aksiya mahsuloti amaldagi Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlarida, “Korzinka” DISKONT, Smart do‘konlarida xarid qilinishi shart. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.

 

6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1. Aksiyada (bu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Ishtirokchilar”, alohida esa – “Ishtirokchi”) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston fuqarolari, 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan, o‘zini boshqarishga qodir jismoniy shaxslar, Tashkilotchi sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va amaldagi/faol “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Smart” jismoniy yoki virtual Korzinka kartasi sohibi (virtual Korzinka kartasi Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart) shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

6.2. Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

• Tashkilotchi ishchilari;

• Aksiya Tashkilotchisi ishonchli vakillari;

• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Aksiyani tashillashtirish va (yoki) o‘tkazish, aksiya mahsuloti savdosi bilan bog‘liq ishchi va uchinchi shaxs vakillari;

• Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;

• Amaldagi Aksiya shartlarini bajarmagan shaxslar;

• Chet el fuqarolari (boshqa davlatlar fuqarolari) va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.

6.3. Aksiyada amaldagi Qoidalarning 6.1.,6.2., 6.3. va boshqa bandlariga mos kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish fakti aniqlangan hollarda, Tashkilotchi ushbu shaxslarga Aksiyada ishtirok etishda va/yoki sovrinni olishda rad etish huquqiga ega.

 

7. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

7.1. Aksiya sovrinlar jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, Asosiy sovrin (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”)ni o‘z ichiga oladi.

Aksiya umumiy sovrinlar soni cheklangan.

1.       DYSON Airwrap HSO5 Complete Long fen-stayleri Olovrang /Yorqin nikel, 3 d.

2.       Xiaomi Mijia Ionic Hair Dryer soch quritgichi (oq, CMJ01LX3) 3 d.

3.       Яндекс Станция Мини с часами с Алисой aqlli kolonkasi, moviy sapfir, qora va qizil, 3 d.

7.3. Tashkilotchi Aksiya Sovrinlar jamg‘armasini, jumladan soni, to‘plami, turi va sovrinlarning boshqa jihatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaga amaldagi Qoidalarda (Oferta)keltirib o‘tilmagan sovrinlarni qo‘shish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

7.4. Aksiya sovrinlari tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, sur’ati, qadoq rangi va boshqa jihatlari reclama materiallarida ko‘rsatilgan rasmlardan, yoki Ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiyada taqdim etiladigan mahsulotlarning sifatliligi ishlab chiqaruvchi zimmasida.

7.5. Tashkilotchi tomonidan sovrin o‘rniga pul ekvivalenti berilmaydi, Boshqa sovringa almashtirib berilmaydi.

 

8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

8.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi amaldagi Qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishi lozim:

Korzinka supermarketlar tarmog‘ining istalgan filialida Color Naturals soch bo‘yog‘ini xarid qilish va kassada Korzinka kartasidan foydalanish.

Iste’molchi avtomatik tarzda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Barcha g‘oliblar randomayzer yordamida, hamma shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan aniqlanadi.

Har hafta, g‘oliblar aniqlangandan so‘ng, qimmatbaho sovrinlar o‘z egalariga Korzinka bosh ofisida taqdim etiladi.

8.2. Amaldagi Qoidalarning 8.1. bandiga muvofiq aksiya mahsulotini xarid qilgandan so‘ng, Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka jismoniy yoki Korzinka ilovasidan foydalangan holda Aksiya mahsulotini xarid qilgan xaridor avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

8.5. Ishtirokchi tomonidan Aksiya mahsulotlari xarid qilish soni cheklanmagan.

8.6. Ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarning 9.2. bandida (“Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati” bo‘limi) ko‘rsatilgan muddatlarda Aksiya sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun qancha ko‘p Arizalar kelib tushsa (turli fiskal cheklarda Aksiya mahsulotlari xarid qilinsa), uning Askiya g‘olibi (Sovrin/Aksiya Sovrinlari egasi)ga aylanish imkoniyati shuncha oshib boradi.

8.7. Agar Ishtirokchi Aksiya g‘olibi (istalgan Sovrin/Aksiya Sovrinlari egasi)ga aylansa, G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ariza keying o‘yinlar uchun avtomatik tarzda bekor qilinadi. Aksiyaning keyingi o‘yinlarida ishtirok etish uchun amaldagi Qoidalar shartlariga muvofiq Ishtirokchi tomonidan qayta Aksiya mahsuloti xarid qilinishi kerak.

 

9. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

9.1. Butun aksiya o‘tkazilish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan amaldagi Qoidalarning 9.2. bandida ko‘rsatilgan Aksiya sovrinlari o‘yinlari jadvali (keyingi o‘rinlarda – “Sovrinlar o‘yinlari jadvali”)ga muvofiq:

- 7 (yeti) marta yutuqli o‘yin o‘tkaziladi.

Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati

(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrinlar soni va turi

14.08.2023-20.08.2023-yil 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

23.08.2023-yil

Xiaomi Mijia Ionic Hair Dryer (белый, CMJ01LX3) soch quritgichi 1 d.

 

21.08.2023-27.08.2023-yil 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

30.08.2023-yil

Яндекс Станция Мини с часами с Алисой aqlli kolonkasi, moviy sapfir yoki qora 1 d.

28.08.2023-03.09.2023-yil 23:59 gacha

06.09.2023-yil

Яндекс Станция Мини с часами с Алисой aqlli kolonkasi, moviy sapfir yoki qora 1 d.

 

04.09.2023-10.09.2023-yil 23:59 gacha

13.09.2023-yil

Xiaomi Mijia Ionic Hair Dryer soch quritgichi (oq, CMJ01LX3) 1 d.

11.09.2023-17.09.2023-yil 23:59 gacha

20.09.2023-yil

Яндекс Станция Мини с часами с Алисой aqlli kolonkasi, moviy sapfir yoki qora 1 d.

18.09.2023-24.09.2023-yil 23:59 gacha

27.09.2023-yil

Xiaomi Mijia Ionic Hair Dryer soch quritgichi (oq, CMJ01LX3) 1 d.

 

14.08.2023-30.09.2023-yil 23:59 gacha

11.10.2023-yil

DYSON Airwrap HSO5 Complete Long fen stayleri, olovrang, 3 d.

*Aksiya sovrinlari o‘yini Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.

9.3. Istalgan sovrinlar o‘yinlari Aksiyada ro‘yxatdan o‘tkan Ishtirokchilar soni O‘yin o‘tkaziladigan kunda o‘ynalayotgan Sovrinlar sonidan 4 kamida (to‘rt) karra ko‘p bo‘lgan taqdirdagina o‘tkaziladi.

9.4. G‘oliblarni aniqlash muddati nihoyasiga yetsa, ammo Har haftalik o‘yinlar va/yoki Asosiy o‘yin o‘tkazilish kuni ro‘yxatdan o‘tgan Ishtirokchilar soni amaldagi Qoidalarning 9.3. bandiga mos kelmasa, G‘oliblarni aniqlash Jadvalga ko‘ra keyingi G‘oliblarni aniqlash muddatiga ko‘chiriladi, keyingi g‘oliblarni aniqlash muddatidagi Sovrinlar umumiy soni esa o‘tgan o‘yin sonidagi sovrinlar soniga oshiriladi.

9.5. Har haftalik va/yoki Asosiy sovrinlar o‘yini o‘tkaziladigan kun Tashkilotchi Asosiy G‘oliblar (keyingi o‘rinlarda - “Asosiy G‘olib” va/yoki “G‘olib”) va Zaxiradagi (Alternativ) g‘oliblar (keyingi o‘rinlarda – “Zaxiradagi g‘olib”)larni aniqlaydi.

Asosiy g‘oliblar soni har bir o‘yin doirada o‘ynalayotgan Sovrinlar soniga mos bo‘lishi kerak;

Har bir o‘yinda zaxiradagi g‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:

Tashkilotchi va “Texnik hamkor” Asosiy g‘olib bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan yoki Asosiy g‘olib tomonidan Aksiya shartlarining buzilishi yoki Asosiy g‘olibning Aksiya shartlariga boshqacha mos kelmasligi hollari uchun Zaxiradagi g‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya tashkilotchisi va “Texnik hamkor” Zaxiradagi g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilar ismini oshkor qilishga majbur emas.

9.6. Har bir G‘olib Korzinka ilovasidan ro‘yxatdan o‘tgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasiga bog‘langan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabardor qilinadi.

Ishtirokchini g‘alaba to‘g‘risida xabardor qilish Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasiga bog‘langan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi. Asosiy g‘olib telefoni aloqadan tashqarida bo‘lsa, yoki Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan Asosiy g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 48 soat ichida doiradan tashqarida bo‘lsa, qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan istalgan turdagi texnik muammolar yuzaga kelsa, shuningdek Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bermagan hollarda, Asosiy g‘olib hech qanday baxs va munozaralarsiz sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi, g‘olib Arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday hollarda Sovrin Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi. Zaxiradagi g‘olib bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, yoki Zaxiradagi g‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilgan yoki boshqa nomuvofiq hollarda Sovrin keyingi Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi.

9.7. Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatib o‘tilgan Ishtirokchining telefon raqami amaldagi Qoidalarning 3 bo‘limida ko‘rsatilgan Butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Ishtirokchida saqlanishi kerak. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamining uchinchi shaxslarga berishi, ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamini o‘zgartirishi hollarida G‘olib sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Boshqa telefon raqam orqali qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

9.8. Bir ishtirokchi amaldagi Qoidalarning 8.6. va 9.2. bandlarida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan holda Har haftalik o‘yinlarda bir martadan ko‘proq marta ishtirok etishi mumkin. Ammo Bir Ishtirokchi Har haftalik o‘yinning har bir o‘yini doirasida bir donadan sovrin, va butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida 6 (olti) martadan ko‘p bo‘lmagan Har haftalik sovrinlar, shuningdek Bir Ishtirokchi butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida 1 (bir) dona Asosiy sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Bunda G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi va keyingi o‘yinlarda ushbu Arizaning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

9.9. Har bir Asosiy G‘olib Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan Korzinka kartasi yoki Korzinka Plus virtual kartasiga biriktirilgan Asosiy G‘olib telefon raqamiga +998 78 888-14-14 raqamidan qilingan qo‘ng‘iroq orqali xabardor qilinadi.

Ishtirokchini g‘alaba to‘g‘risida xabardor qilish Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasiga bog‘langan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi. Asosiy g‘olib telefoni aloqadan tashqarida bo‘lsa, yoki Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan Asosiy g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 24 soat ichida doiradan tashqarida bo‘lsa, qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan istalgan turdagi texnik muammolar yuzaga kelsa, shuningdek Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bermagan hollarda, Asosiy g‘olib hech qanday baxs va munozaralarsiz sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi, g‘olib Arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday hollarda Sovrin Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi. Zaxiradagi g‘olib bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, yoki Zaxiradagi g‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilgan yoki boshqa nomuvofiq hollarda Sovrin keyingi Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi.

9.9.1. Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatib o‘tilgan Ishtirokchining telefon raqami amaldagi Qoidalarning 3 bo‘limida ko‘rsatilgan Butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Ishtirokchida saqlanishi kerak. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamining uchinchi shaxslarga berishi, ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamini o‘zgartirishi hollarida G‘olib sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Boshqa telefon raqam orqali qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

 

10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

10.1. G‘olib shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqarolik pasporti/ID)ning asl nusxasi taqdim etilib, hujjatdagi ma’lumotlarning Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga to‘liq mos kelishi, shuningdek Aksiya mahsuloti xarid qilingan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasining taqdim etilgandagina G‘olib Sovrinni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. G‘olib pasportida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), G‘olibning hozirda amaldagi doimiy (vaqtinchalik) istiqomat qilish manzilining to‘liq manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqarolik pasporti/ID-karta)da STIR va/yoki amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmasa, G‘olib STIR va amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqidagi ma’lumotnoma/tasdiqlovchi hujjatni alohida taqdim etadi.

10.2. G‘olib Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida Sovrinni olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilish huquqiga ega.

10.3. G‘olib rasmiylashtirish/sovrinni olish vaqtida g‘olibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) imzolashi, shuningdek Tashkilotchiga (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) barcha talab etiladigan hujjatlarning nusxalari yoki aslini taqdim etishi talab etiladi.

10.4. Aksiya g‘olibining sovrinni olish vaqtida talab etiladigan hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan talab etiladigan harakatlarni bajarishdan, jumladan talab etiladigan hujjatlarni, jumladan ammo shu bilan cheklanibgina qolmay, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortganligiga tenglashtiriladi.

10.5. G‘olib amaldagi Qoidalardagi Sovrinni olish tartibida keltirib o‘tilgan barcha shart va talablarni bajarmaganligi taqdirda Tashkilotchilar G‘olibga sovrinni taqdim etishda rad javobini berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

10.6. Sovrin G‘olibga Aksiya sovrinlari o‘yinlari o‘tkazilgandan so‘ng, 2 (ikki) ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda va G‘olib tomonidan amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng beriladi. Ish kunlari dushanbadan jumagacha, shu kunni ham hisobga olganda, bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan juma kuni oxirigacha, soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha (dam olish kunlari va O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan davlat bayramlari kunlaridan tashqari) taqdim etiladi.

10.7. Har haftalik sovrinlarni taqdim etish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uy.

Asosiy sovrinni taqdim etish joyi va manzili: Olmazor tumani, Farobiy va Universitet ko‘chalari kesishmasida joylashgan Korzinka Beruniy supermarket.

10.8. Har haftalik sovrinlar va Asosiy sovrinni pul yoki boshqa ekvivalentga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirib berilmaydi va qaytarib olinmaydi.

10.9. Amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan talablarni bajarmagan Aksiya g‘oliblari Sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladilar. Bunday hollarda Aksiya Tashkilotchisi ushbu Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.

10.10. Aksiya g‘olibi quyidagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu holatlarning qachon va qaysi vaqt yuzaga kelganligidan qat’iy nazar hech qanday, jumladan pul ko‘rinishidagi kompensatsiya to‘lovisiz sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladi:

10.10.1. Aksiya g‘olibi unga sovrinni taqdim etishdan oldin amaldagi Qoidalarni buzgan deb topilsa;

10.10.2. Aksiya g‘olibi yozma yoki og‘zaki tarzda electron yoki boshqa aloqa vositalari yordamida sovrinni olishdan bosh tortishi / rad etishini ma’lum qilsa;

10.10.3. Aksiya g‘olibini identifikatsiya qilishning imkoniyati bo‘lmasa;

10.10.4. G‘olib bilan 3 (uch) marta bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa;

10.10.5. G‘olib shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchiga taqdim etishdan bosh tortsa;

10.10.6. Aksiya mahsulotini xarid qilishda foydalanilgan Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan virtual karta Aksiya G‘olibiga tegishli bo‘lmasa;

10.10.7. G‘olib amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan ma’lumot va hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishdan bosh tortsa.

10.11. Sovrin G‘olibga taqdim etilgan kundan boshlab ushbu sovrindan foydalanish huququqi to‘liq g‘olibga o‘tadi. Aksiya g‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrinidan foydalanish uchun harakatlarni mustaqil belgilaydi.

10.12. Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida Aksiya g‘olibi tomonidan sovrinni yuborish/olishning imkoni bo‘lmagan, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan, quyidagi ammo shu bilan chegaralanib qolmay, hollarda:

- G‘olibning elektron pochta manzilini o‘chirib yuborganligi yoki elektron pochtaga kirish imkoniyatini yo‘qotganligi;

- G‘olibning noto‘g‘ri elektron pochta manzilini ko‘rsatganligi;

- Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida Korzinka virtual kartasini ro‘yxatga olish vaqtida Ishtirokchi/G‘olibga biriktirilgan mobil telefon raqamga bo‘lgan huquqdan mahruh etilganligi;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayderlari tarmoqlarida uzilish, nosozlik va xatoliklar yuzaga kelganligi;

- Internet, elektroquvvatning yo‘qligi/chegaralanganligi;

- Aksiya g‘olibining pochta xizmatlari va( yoki) pochta manzillari mavjud saytlarning davlat hokimiyati tomonidan bloklanganligi, ularning ekstrmistik va(yoki) terroristik deb topilganligi;

Ushbu Aksiya g‘olibining sovrini da’vo qilinmaydi deb hisoblanadi va ushbu G‘olib tomonidan qayta da’vo qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi va Aksiya Tashkilotchisining o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.

10.13. Tashkilotchi internet-provayderlarning faoliyati pochta, kuryer va boshqa xizmatlarning istalgan turdagi xatoliklari natijasida pochta va elektron xabarlarning kelmasligi, kechikib kelishi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

10.14. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya o‘tkazilishi davrida ularning mobil telefon raqamlari kirish qo‘ngiroqlari va kirish xabarlari qabul qilishini ta’minlash uchun javobgarlar.

10.15. Aksiya G‘olibi Aksiya Sovrinini olish huquqini uchinchi shaxsga taqdim eta olmaydi. Qo‘lga kiritilgan sovrinni boshqa sovringa almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinni pul ekvivalentiga almashtirish mumkin emas.

10.16. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 7.2. va 7.3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan, Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan pul talab etishi mumkin emas.

10.17. Aksiya sovrinini qo‘lga kiritgan g‘olibda yuzaga keladigan shaxsiy daromad solig‘i to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq Tashkilotchi tomonidan o‘z hisobidan soliq agenti sifatida mustaqil to‘lab beriladi. Sovrinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarni soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi talablari asosida amalga oshiriladi.

10.18. G‘olibda sovrinni qo‘lga kiritish, egalik qilish va foydalanish bilan bog‘liq yuzaga keladigan boshqa turdagi: O‘zbekiston Respublikasi g‘aznasiga yig‘im, komissiya va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladi.

 

11. XARAJATLAR. MAS’ULIYATNI CHEKLASH

11.1. Tashkilotchi va Texnik hamkor quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

11.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (vaqtida bajarmasligi);

11.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari va Aksiya o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

11.1.3. Ishtirokchilar tomonidan turli sabablarga ko‘ra, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatoligi, Aksiya o‘tkazishda foydalanilayotgan internet tarmog‘I va/yokialoqa kanallaridagi nosozlik va/yoki firibgarliklar natijasida xat, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarning kelib tushmasligi;

11.1.4. G‘oliblardan sovrinni olish uchun talab etiladigan hujjat va/yoki ma’lumotlarning kelib tushmasligi (vaqtida kelib tushmasligi);

11.1.5. Aksiyani o‘tkazish va Sovrinni taqdim etish uchun zaruriy kontakt va/yoki boshqa ma’lumotlarning noto‘liq va/yoki noto‘g‘ri taqdim etilishi;

11.1.6. Aksiya Tashkilotchisi aybi bilan yuzaga kelmagan, uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining istalgan turdagi texnik uzilishlari, nosozliklar, profilaktik ishlash va boshqalar;

11.1.7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada qatnashish va(yoki) Sovrinni olishi bilan bog‘liq xarajat va yo‘qotishlar;

11.1.8. Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklov/taqiqlarning joriy etilishi;

11.2. Aksiya barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va istalgan xarajatlarni mustaqil qoplaydilar (jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, mobil aloqa operatorlar, Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va h.k. bilan bog‘liq xarajatlar).

11.3. Tashkilotchi Aksiya sovriniga bo‘lgan huquq bo‘yicha hech qanday baxs va munozaralar bo‘yicha javobgar emas. Barcha vaziyatlarda so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan qaror qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyatlar qabul qilinmaydi.

Tashkilotchi hech kimning mobil telefon raqami, elektron manzili, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchi unikal kodi, Korzinka jismoniy yoki virtual kartasi, cheki yuzasidan baxsga kirishmaydi. Bunday baxslarning barchasi ziddiyat yuzaga kelgan tomonlar orasida o‘zaro mustaqil va o‘z hisobidan hal qilinadi.

11.4. Tashkilotchi internet-provayder, uyali aloqa operatorlari faoliyati, pochta, yetkazib berish va boshqa xizmatlarning xatoliklari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar yetib bormaganligi, kech yetib borganligi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar emas.

11.5. Tashkilotchi Sovrinni g‘olibga topshirgandan keyingi undan foydalanilishi, Aksiya g‘olibining istalgan sababga ko‘ra foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi yuzasidan javobgar emas. Sovrin sifati va xizmat qilish kafolati (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) yuzasidan mas’uliyat ishlab chiqaruvchi zimmasida.

11.6. Sovrindan faqatgina Ishtirokchilargina foydalanishlari mumkin. Sovrin kelishuv yoki to‘lov vositasiga aylantiriladigan vaziyatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11.7. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki boshqa shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarish maqsadida to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirib, amaldagi Qoidalarni buzgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan istalgan shaxsning ishtirok etish uchun arizalarini bekor qilishi, shuningdek amaldagi Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash huquqiga ega.

11.8. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiyada firibgarlikni oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarga zid ravishda, vijdonsizlik bilan harakatlar amalga oshirganligi aniqlangan taqdirda, ushbu Ishtirokchining g‘olibligi bekor qilinadi va keyingi aksiya o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

11.9. Tashkilotchi aksiyada vijdonan ishtirok etilishini mustaqil, o‘zida mavjud texnik imkoniyatlardan kelib chiqib va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarga asosan baholaydi.

11.10. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy holatlar, blokada, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda qonunchilikning o‘zgarishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar hisoblanmaydi.

 

12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va amaldagi (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, o‘z xohishi va qiziqishlariga ko‘ra Tashkilotchiga va uning ishonchli vakiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan O‘zR 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar haqida”gi qonuniga muvofiq Ishtirokchi taqdim etgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish, jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga rozilik beradi.

12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchiga amaldagi Oferta (Qoidalar)da keltirib o‘tilgan ma’lumotlar (jumladan shaxsiy ma’lumotlar)ni taqdim etishi shart.

12.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, jumladan Ishtirokchining ismi, familiyasi, rasmi, intervyu va u haqidagi boshqa materiallardan Sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, shuningdek ma’lumot, xabar (jumladan, reklama turdagi) va h.k. uchun reklama/marketing, jumladan OAV (ismi va rasmi), istalgan bosmaxonalar, audio- va video-materiallar, OAV bilan intervyu marketing va/yoki istalgan boshqa reklama faoliyatida foydalanishiga rozilik beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, rasmlar, intervyu, telefon raqam, e-mail va (yoki) o‘zi haqidagi boshqa ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish, Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari va materiallarini OAV, istalgan bosmaxonalar, Internet tarmog‘ida foydalanish huquqini beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqami, e-mailga Tashkilotchi va uning ishonchli vakili tomonidan muddatlarda cheklovlarsiz SMS xabarlar, yangilik va boshqa ma’lumot/reklama xabarlari (yuborilgan) yuborilishiga rozilik beradi.

 

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Korzinka Go onlayn-yetkazish xizmati orqali xarid qilingan aksiya mahsuloti shuningdek Tashkilotchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish uchun ariza deb qabul qilinadi va hisobga olinadi. Buning uchun shaxsiy kabinetda Korzinka kartasi ro‘yxatga olingan telefon raqami bog‘langan bo‘lishi lozim.

13.1.2. Zoodpay muddatli to‘lov xizmati, shuningdek Korzinka sovg‘a kartalari orqali to‘lov qilingan cheklar Tashkilotchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish uchun ariza deb qabul qilinmaydi va hisobga olinmaydi.

13.1.3. Aksiyada Korzinka kartasi bonuslari bilan to‘lov qilingan xaridlar ishtirok etmaydi.

13.2. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va to‘liq, hech qanday baxs va munozaralarsiz Aksiya o‘tkazilish qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan o‘z roziligini bildiradi.

13.3. Aksiya o‘tkazilish qoidalari butun aksiya o‘tkazilishi muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va /yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin. Tashkilotchi istalgan vaqt bir tomonlama Aksiya shartlari, qoidalari va muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda amal qiladi.

13.4. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, unda Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi va istalgan soxtalashtirilgan ma’lumotlardan foyda olayotganligi haqida shubxa-guman paydo bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilarga sababini tushuntirmay va ular bilan yozishmagan holda, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etishda davom etishni taqiqlashi, istalgan shaxsga Sovrinni olishda rad etishi mumkin.

13.5. Amaldagi Qoidalarning bir tomonlama talqin qilinishida muammolar, tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq qabul qilinadi.

13.6. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlar Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

13.7. Tomonlar mas’uliyati, shuningdek baxslarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

13.8. Amaldagi Ommaviy oferta amal qilish muddati – Aksiya o‘tkazish muddati yakunlanguncha.